Skip to content
Antikorrupsiya.uz

Antikorrupsiya.uz

Korrupsiya taraqqiyotga qarshi eng zararli illatdir!

  • Xabarlar
  • Maqolalar
  • Toggle search form

“Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi

Posted on March 15, 2022March 15, 2022 By antiadm No Comments on “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi

“Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologiya yodgorligi hududiga zarar yetkazilayotganligi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaat Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda o‘rganildi.

Maʼlumot o‘rnida: IV-XV acplarga oid ushbu obyekt davlat muhofazasida bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabridagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-son qarori bilan tasdiqlangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy Ro‘yxatida 603-raqam bilan moddiy madaniy meros obyekti sifatida ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-son qarorining 11-bandiga ko‘ra, obyektni Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha 2021 yil 4 oktyabrda YUNESKOga taklif kiritilgan.

O‘rganish jarayonida Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “To‘ymurod Xolmurod o‘g‘li” fermer xo‘jaligi rahbari A.Q. tegishli idoralarning xulosalarini olmasdan obyektning muhofaza hududini og‘ir texnika yordamida surib, yer qazish, yer tuzish, ekin ekish va melioratsiya ishlarini amalga oshirganligi, jumladan, ariq qazib, fermer xo‘jaligi yer maydonini arxeologiya obyekti muhofaza maydoni hisobidan kengaytirganligi maʼlum bo‘ldi. Bu esa obyektning Rabod qismi madaniy qatlami yo‘qotilishi, hududdagi saksovul daraxtlarining nobud bo‘lishi hamda yer qaʼrida saqlanib kelayotgan qadimgi tarixiy topilmalarning yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.

Hujjatlarga ko‘ra, obyektning yer maydoni va muhofaza hududi tuman hokimligining 2013 yildagi qaroriga asosan 124 gektarni tashkil etgan. Ammo, 2015 yilda hokimlik qonunchilikka zid ravishda, tegishli idoralarning xulosalarisiz obyekt hududini 76 gektar etib belgilagan.

Shuningdek, qisqartirilgan yer maydoni fermer xo‘jaligiga yaylov sifatida foydalanish uchun berilgan, biroq amalda fermer uni ekin maydoniga aylantirib yuborgan.

O‘rganish yakunlari xulosasiga ko‘ra, arxeologiya yodgorligining Rabod qismi yer maydonining 1.800 kvadrat metr qismiga shikast yetkazilishi oqibatida davlat manfaatlariga 26 mlrd. 730 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Agentlik tomonidan to‘plangan hujjatlar asosida ushbu holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat Kodeksining 132-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Buxoro viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Post Views: 1,344
Xabarlar Tags:arxeologik yodgorlikka zarar, madaniy merso

Post navigation

Previous Post: OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI
Next Post: Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi

Ko'p o'qilgan maqolalar

Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi Xabarlar
9-may – Xotira va qadrlash kuni! Xabarlar

Leave a Reply Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Maqolalar

  • Boshqaruv (1)
  • Mulohaza (6)
  • Uncategorized (1)
  • Xabarlar (3)

Arxiv

  • May 2022 (1)
  • March 2022 (4)
  • February 2022 (1)
  • December 2021 (4)

So’nggi maqolalar

  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni! May 9, 2022
  • Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi March 18, 2022
  • “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi March 15, 2022
  • OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI March 12, 2022
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi March 7, 2022

Antikorrupsiya.uz - Ijtimoiy-huquqiy, ilmiy-ma'rifiy targ'ibot sayti.
Maqsadimiz huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirishga ko'maklashish.
Korrupsiya illatini oldini olishda hissamizni qo'shish.

  • Facebook
  • Telegram

info@antikorrupsiya.uz

Copyright © 2021 antikorrupsiya.uz.

Powered by PressBook Blog WordPress theme