Skip to content
Antikorrupsiya.uz

Antikorrupsiya.uz

Korrupsiya taraqqiyotga qarshi eng zararli illatdir!

  • Xabarlar
  • Maqolalar
  • Toggle search form

Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi

Posted on March 7, 2022March 7, 2022 By antiadm No Comments on Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi

Joriy yilning 7 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda  Agentlik  tomonidan korrupsiyaning oldini olish va aholi orasida korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimini yaratishda inson omilini qisqartirishga  qaratilgan  chora-tadbirlar, xususan,  korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish borasida  amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berildi.

Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda samarali  tizim  yo‘lga qo‘yib  kelinmoqda:

Birinchidan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ochiq eʼlon qilib boriladigan maʼlumotlarning aniq  ro‘yxati  shakllantirildi.

Bunda davlat organlari faoliyatining yetarli darajada ochiqligi
va shaffofligini  taʼminlash va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Agentlik tomonidan vazirlik
va idoralarning ochiqlik sohasidagi majburiyatlarga to‘liq rioya etilishi hamda amaldagi qonun hujjatlarining ijro holati muntazam o‘rganilib, monitoring qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlarni eʼlon qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan 72 ta davlat organi va tashkilotlarga ogohlantirish xatlari yuborilib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish  bo‘yicha ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ikkinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari xatlovdan o‘tkazilib, korrupsiyaviy omillar va huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, qurilish, sog‘liqni saqlash, oliy taʼlim va davlat xaridlari sohalariga oid 226 ta amaldagi normativ-huquqiy hujjat korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilganida 75 ta normativ-huquqiy hujjatda jami 302 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan.

Tahlillarga ko‘ra, ularning 124 tasi qurilish, 41 tasi sog‘liqni saqlash, 91 tasi oliy taʼlim, 46 tasi davlat xaridlari sohalariga to‘g‘ri keladi.

Mazkur hujjatlarda “normativ huquqiy hujjatlar o‘rtasida ziddiyatlarning mavjudligi” (86 ta), “diskretsion vakolatlarning kengligi” (55 ta), “maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi” (27 ta) bilan bog‘liq korrupsiyaviy omillar eng ko‘p uchrayotganligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqilmoqda.

Uchinchidan, davlat xaridlari sohasida qonunchilikda korrupsiyaning oldini olish va oshkoralikni taʼminlashga oid bir qator o‘zgartirishlar kiritildi:

– Xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi va uning affillangan
shaxsi bir savdoda ishtirok etishi, xarid komissiyasi aʼzosining ishtirokchilar bilan affillanganlik holatida ovoz berishi cheklandi;

– Hisob palatasi davlat xaridlarini auditdan o‘tkazishi va natijalarini har yili Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishi hamda ochiq axborot manbalarida eʼlon qilib borishi belgilandi;

– Moliya vazirligi va boshqa ishtirokchilarga savdo natijalari, qonun buzilish holatlari va tahliliy maʼlumotlarni ochiq axborot manbalarida  eʼlon  qilib  borish  vazifasi  yuklatildi;

– Maxsus axborot portalida davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnoma tuzish, davlat xaridlari monitoringini olib borish va nazorat qilish jarayonlari tizimlashtirildi;

– Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Davlat xaridlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarda kontragentlarni tekshirish amaliyotining mexanizmi  bosqichma-bosqich  joriy  etib  borilmoqda.

Bundan tashqari, kelgusida davlat xaridlari ijrochisini tanlashni to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirishning aniq huquqiy asoslarini yaratish va normalarni faqat qonun hujjatida belgilash, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarini davlat xaridlari maxsus axborot portalida axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali oldindan aniqlash ko‘zda tutilmoqda.

To‘rtinchidan, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi borasida tizimli monitoring tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

2021 yilda Agentlik tomonidan “Korrupsiyasiz soha”, “Korrupsiyasiz hudud” loyihalari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlar va sohalar kesimida 50 dan ortiq o‘rganishlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar davomida aniqlangan korrupsiya holatlari
yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
taqdim qilinishi orqali jami 49 ta jinoyat ishi va 24 ta maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar qo‘zg‘atildi.

O‘rganishlar natijasida 500 mlrd so‘mga yaqin miqdordagi mablag‘larning maqsadsiz foydalanilishining oldi olindi.

Beshinchidan, byudjet xarajatlarini tartibga solish bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, byudjet qonunchiligining buzilishi faktlari to‘g‘risida xabardor qilish va byudjet jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish tartib-taomilini tashkil etish maqsadida “Openbudget” – “Ochiq byudjet” portali faoliyat yuritmoqda.

Oltinchidan, yashirin iqtisodiyot hamda korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimini joriy etish maqsadida barcha vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilmoqda.

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi doirasida malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish maqsadida  “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiya”sini tashkil etish hamda Davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi milliy sertifikatsiyalash tartibini tatbiq etish ustida ish olib borilmoqda.

Yettinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi keskin choralar ko‘rish maqsadida “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reyestri to‘g‘risida”gi, “Oxirgi benefitsiar mulkdorlar yagona davlat reyestri to‘g‘risida”gi, “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqildi.

Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi hamda amaliyotga tatbiq etilishi orqali manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va jinoiy daromadlarni legallashtirishning oldi olinadi va eng asosiysi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhit yaratish ko‘lami kengayadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Post Views: 775
Mulohaza Tags:brifing, jinoiy daromadlarni legallashtirish

Post navigation

Previous Post: OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA HAL QILUVCHI OMIL
Next Post: OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI

Ko'p o'qilgan maqolalar

Samarali boshqaruvdagi muammo haqida mulohaza Boshqaruv
OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI Mulohaza
18+ tadbir va/yoki Korrupsiya Mulohaza
OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA HAL QILUVCHI OMIL Mulohaza
Ikki toifa odam o’zining narxini biladi: biri fohisha, ikkinchisi porax’or. Mulohaza

Leave a Reply Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Maqolalar

  • Boshqaruv (1)
  • Mulohaza (6)
  • Uncategorized (1)
  • Xabarlar (3)

Arxiv

  • May 2022 (1)
  • March 2022 (4)
  • February 2022 (1)
  • December 2021 (4)

So’nggi maqolalar

  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni! May 9, 2022
  • Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi March 18, 2022
  • “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi March 15, 2022
  • OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI March 12, 2022
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi March 7, 2022

Antikorrupsiya.uz - Ijtimoiy-huquqiy, ilmiy-ma'rifiy targ'ibot sayti.
Maqsadimiz huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirishga ko'maklashish.
Korrupsiya illatini oldini olishda hissamizni qo'shish.

  • Facebook
  • Telegram

info@antikorrupsiya.uz

Copyright © 2021 antikorrupsiya.uz.

Powered by PressBook Blog WordPress theme