Skip to content
Antikorrupsiya.uz

Antikorrupsiya.uz

Korrupsiya taraqqiyotga qarshi eng zararli illatdir!

  • Xabarlar
  • Maqolalar
  • Toggle search form

OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI

Posted on March 12, 2022March 12, 2022 By antiadm No Comments on OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI

Rasmiy sahifalarimiz orqali “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida Murod Moʻminov profili ostida oʻzini barchaga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, aldov yoʻli bilan noqonuniy daromad qilayotgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabar bergan edik. Mazkur shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni oʻz yakuniga yetdi.  

Aniqlanishicha, ushbu shaxs oʻzganing mulkini aldash yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida dastlab 2019-yil avgust oyida fuqaro D.S.ning ishonchiga kirib, bankdan 1.5 mlrd AQSH dollarlik kredit olish evaziga katta biznes boshlamoqchi ekanligi va  bu biznesida uni oʻziga ish boshqaruvchi sifatida ishga olishini vaʼda berib, kreditning birinchi toʻlovi uchun undan 110 mln soʻm miqdorida qarz soʻraydi.  

2020-yil 22-yanvar kuni  notarial tartibda  tuzilgan oʻzaro qarz shartnomasida M.Moʻminov ushbu mablagʻni 2020-yil 23-avgust kuniga qaytarishni, aks holda oʻzi boshqarib yurgan “Captiva” rusumli avtomashinani D.Sning nomiga rasmiylashtirib berishni qayd etadi. Shunga qaramay, M.Moʻminov vaʼdasini bajarmay, pullarni oʻz shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi va  mashina ham aslida oʻzganing nomida ekanligi maʼlum boʻladi. 

M.Moʻminov oʻzining jinoiy harakatlarini yana davom ettirib, firibgarlikka takroran qoʻl uradi. Bu gal u fuqaro N.S.ga oʻzini Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi sifatida tanishtirib, avtomashina va uy olib berishni vaʼda qilib, undan 11.000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritadi.  

Maʼlum boʻlishicha, M.Moʻminov Agentlik tomonidan oʻtkazilgan rasmiy tadbirlarda boshqa fuqarolar qatorida ishtirok etib, ushbu tadbirlar yuzasidan Internet tarmogʻida berib borilayotgan foto-video lavhalarni oʻziga saqlab olgan. Mazkur maʼlumotlarni atrofidagilarga koʻrsatish orqali oʻzini Agentlik xodimi ekanligiga ishontirishga harakat qilib kelgan. Shuningdek, u “Facebook” ijtimoiy tarmogʻida profil ochib, oʻzining Agentlikdagi ish faoliyati toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlarni joylashtirib kelgan.

Bunday firibgarlikdan jabrlangan fuqaro N.S. M.Moʻminovga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻrab, Agentlik direktori nomiga ariza bilan murojaat qildi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani ichki ishlar idorasi tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi. 

Sud hukmiga koʻra, M.Moʻminov Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a,b”-bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sud qarorida M.Moʻminovdan jabrlanuvchi D.S.ning foydasiga 110 mln soʻm, N.Sning foydasiga esa 130 mln soʻm undirilishi belgilandi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi barcha fuqarolarni bu kabi firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik va ularning aldovlariga ishonib qolmaslik uchun ogohlikka chaqiradi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati

Post Views: 716
Mulohaza Tags:firibgarlik, soxta xodim

Post navigation

Previous Post: Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi
Next Post: “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi

Ko'p o'qilgan maqolalar

OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA HAL QILUVCHI OMIL Mulohaza
Samarali boshqaruvdagi muammo haqida mulohaza Boshqaruv
Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi Mulohaza
18+ tadbir va/yoki Korrupsiya Mulohaza
Ikki toifa odam o’zining narxini biladi: biri fohisha, ikkinchisi porax’or. Mulohaza

Leave a Reply Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Maqolalar

  • Boshqaruv (1)
  • Mulohaza (6)
  • Uncategorized (1)
  • Xabarlar (3)

Arxiv

  • May 2022 (1)
  • March 2022 (4)
  • February 2022 (1)
  • December 2021 (4)

So’nggi maqolalar

  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni! May 9, 2022
  • Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi March 18, 2022
  • “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi March 15, 2022
  • OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI March 12, 2022
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi March 7, 2022

Antikorrupsiya.uz - Ijtimoiy-huquqiy, ilmiy-ma'rifiy targ'ibot sayti.
Maqsadimiz huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirishga ko'maklashish.
Korrupsiya illatini oldini olishda hissamizni qo'shish.

  • Facebook
  • Telegram

info@antikorrupsiya.uz

Copyright © 2021 antikorrupsiya.uz.

Powered by PressBook Blog WordPress theme