“Hokimiyatlar va ijro organlarini o’zaro tiyib turish” tamoyiliga salbiy ta’sir qilib kelayotgan amaliyotlardan biri bu – rahbar kadrlarni tayinlashda huquq-tartibot xodimini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga rahbar qilinishi yoki aksinchasidir.
Yani bugun prokuror ertaga hokim, indin hokim prokuror, mirshab hokim yoki hokim mirshab bo’lishi va h.k.Bu amaliyot shu soha xodimining o’z vakolatini to’liq va qatiyat bilan bajarishiga psixologik to’sqinlik qiladi, yani ertaga o’zi ham hokim bo’lishi yoki prokuror yoki mirshabboshi bo’lishi ehtimolidan “o’zaro kelishuvda” ishlashga majbur bo’ladi.
Shuning uchun ham qaysi sohada yangi islohot, o’zgarish qilinmasin boshqa sohalardagi kabi ba’zan samarasi ko’rinmay qoladi. Natijalar o’xshash bo’laveradi.
Bu amaliyotni o’zgartirilsa kadrlar siyosatida yaxshi samara bersa kerak.
Masalan, prokuror doimo shu sohada yoki yaqin sohada ishlasa qonun ijrosi, adolatni talab qilishga jur’atli bo’lib shakllanadi.
Yoki mirshab ertaga hokim bo’lishidan umid qilmasa “forma hurmati”, “ofitserlik sharafi” degan yaxshi anaanalarga yanada sadoqatli xizmat qiladi.
Shunda boshqaruv tizimidagi gorizontal bo’ysunuv yoki hamkorlik aniq ishlashni boshlaydi. Yani hamma o’zining ishini avval bajaradi, o’z vazifasidan kelib chiqib ishlaydi. Yuzxotirlik, tiliqisiqlik, sobiq hamkasblik degan korrupsion axloqsizliklar kamayarmidi balki.
@antikorrupsiyaUZ
