Skip to content
Antikorrupsiya.uz

Antikorrupsiya.uz

Korrupsiya taraqqiyotga qarshi eng zararli illatdir!

  • Xabarlar
  • Maqolalar
  • Toggle search form

18+ tadbir va/yoki Korrupsiya

Posted on December 26, 2021December 26, 2021 By antiadm No Comments on 18+ tadbir va/yoki Korrupsiya

(пастда кирилчаси)
Poylash, voqea ustida ushlash bo‘yicha shuncha qobiliyat, malakalaring bor ekan. Bu iqtidorni korrupsionerlarni ushlashga ham ishlatlasalaring xalqqa yana-da ko‘p foydasi tegadi.

Yaʼni: bitta poraxo‘r kamayadi;bitta noinsof mansabdor lavozimdan olinadi, ish joyi ochiladi;joyiga yaxshi xodim kelishi mumkin bo‘ladi;tadbir davomida olingan ashyoviy dalil pora pullari davlat byudjeti foydasiga kirim bo‘ladi.

Sabablari: poraxo‘r davlat va xalq haqqini o‘g‘irlayapti;
lavozim vakolatini poraga sotayapdi;
siyosat va xalqiga xiyonat qilayapdi.

Fohishani poraxo‘rdan farqi: U o‘zini tanasini sotayapdi (birovnikini, davlatnikini sotmayapti);
Birovni pulini o‘g‘irlamayati (og‘zaki kelishuv bilan “xizmat” ko‘rsatayapti);
Jamoat joyida ko‘rsatib qilmayapti, videoga olib tarqatmasalaring birov bilmasdi;
Rasmiy lavozimni egallab o‘tirmayapti;Kredit va byudjet pullarini o’g’irlamayapdi…
Umuman bu ikki illatda zarari ko‘prog‘i poraxo‘r, korrupsioner hisoblanadi.
Fohishaning huquqiy javobgarligi maʼmuriy, baʼzan gumonli hatto (ikkinchi xotini, o‘ynashi, sevgani va h.k. bo‘lishi mumkin). Nari borsa jarima jazosi.

Poraxo‘r va korrupsionerning harakati to‘liq jinoyat bo‘ladi. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat toifasiga kiradi.
Ammo, fohishani himoyasi yo‘q, kuchsiz, ojiz va qilmishi hammaga qiziq, hamma yomonlaydigan. Shunga uni sazoyi qilish, burnini qonatish oson.
Poraxo‘r, korrupsiyonerlar esa odatda kuchli va kattakon bo‘ladi. Tadbirlaring o‘xshamay qolsa, fohishadek uzr bilan qutulib bo‘lmaydi. Poraxo‘r yo‘q qivorishi mumkin kamera pameralaring bilan.

Haa mayli, antikorrupsioner sifatida fikrimni aytdimda.
Mayli bu ishlaring ham harna, ishlamagandan ko‘ra. Baribir qilasizlar xobbilaringga o‘xshayapti. )))

Faqat, bitta narsani unutmang. Bir korrupsiyoner, poraxo‘r sababli qancha odam fohishalik yo‘liga kirib ketayotgan bo‘lishi mumkin!
Vijdonini, xalqning ishonchini sotish, tanasini sotishdan og‘irroq qilmish!
***
Пойлаш, воқеа устида ушлаш бўйича шунча қобилият, малакаларинг бор экан.Бу иқтидорни коррупционерларни ушлашга ҳам ишлатласаларинг халққа янада кўп фойдаси тегади.
Яъни:
битта порахўр камаяди;
битта ноинсоф мансабдор лавозимдан олинади, иш жойи очилади;
жойига яхши ходим келиши мумкин бўлади;
тадбир давомида олинган ашёвий далил пора пуллари давлат бюджети фойдасига кирим бўлади.

Сабаблари:
порахўр давлат ва халқ ҳаққини ўғирлаяпти;
лавозим ваколатини порага сотаяпди;
сиёсат ва халқига хиёнат қилаяпди.
Фоҳишани порахўрдан фарқи: У ўзини танасини сотаяпди (бировникини, давлатникини сотмаяпти); Бировни пулини ўғирламаяти (оғзаки келишув билан «хизмат» кўрсатаяпти); Жамоат жойида кўрсатиб қилмаяпти, видеога олиб тарқатмасаларинг биров билмасди; Расмий лавозимни эгаллаб ўтирмаяпти; Кредит ва бюджет пулларини ўғирламаяпди…

Умуман бу икки иллатда зарари кўпроғи порахўр, коррупционер ҳисобланади.
Фоҳишанинг ҳуқуқий жавобгарлиги маъмурий, баъзан гумонли ҳатто (иккинчи хотини, ўйнаши, севгани ва ҳ.к. бўлиши мумкин). Нари борса жарима жазоси. Порахўр ва коррупционернинг ҳаракати тўлиқ жиноят бўлади. Оғир ва ўта оғир жиноят тоифасига киради.

Аммо, фоҳишани ҳимояси йўқ, кучсиз, ожиз ва қилмиши ҳаммага қизиқ, ҳамма ёмонлайдиган. Шунга уни сазойи қилиш, бурнини қонатиш осон.
Порахўр, коррупционерлар эса одатда кучли ва каттакон бўлади. Тадбирларинг ўхшамай қолса, фоҳишадек узр билан қутулиб бўлмайди. Порахўр йўқ қивориши мумкин камера памераларинг билан.

Ҳаа майли, антикоррупционер сифатида фикримни айтдимда. Майли бу ишларинг ҳам ҳарна, ишламагандан кўра. Барибир қиласизлар хоббиларингга ўхшаяпти. )))
Фақат, битта нарсани унутманг. Бир коррупционер, порахўр сабабли қанча одам фоҳишалик йўлига кириб кетаётган бўлиши мумкин!

Виждонини, халқнинг ишончини сотиш, танасини сотишдан оғирроқ қилмиш!

Post Views: 595
Mulohaza Tags:18+, fohishalik, korrupsiya

Post navigation

Previous Post: Samarali boshqaruvdagi muammo haqida mulohaza
Next Post: Ikki toifa odam o’zining narxini biladi: biri fohisha, ikkinchisi porax’or.

Ko'p o'qilgan maqolalar

OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI Mulohaza
Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi Mulohaza
Ikki toifa odam o’zining narxini biladi: biri fohisha, ikkinchisi porax’or. Mulohaza
Samarali boshqaruvdagi muammo haqida mulohaza Boshqaruv
OCHIQLIK VA SHAFFOFLIK — KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA HAL QILUVCHI OMIL Mulohaza

Leave a Reply Cancel reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Maqolalar

  • Boshqaruv (1)
  • Mulohaza (6)
  • Uncategorized (1)
  • Xabarlar (3)

Arxiv

  • May 2022 (1)
  • March 2022 (4)
  • February 2022 (1)
  • December 2021 (4)

So’nggi maqolalar

  • 9-may – Xotira va qadrlash kuni! May 9, 2022
  • Sog‘liqni saqlash tizimida kadrlar siyosati bilan bog‘liq korrupsion holatlar aniqlandi March 18, 2022
  • “Vardonze qo‘rg‘oni” arxeologik yodgorligining muhofaza hududiga va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi March 15, 2022
  • OʻZINI AGENTLIK XODIMI SIFATIDA TANISHTIRIB, FIRIBGARLIK QILGAN SHAXSGA SUD HUKMI OʻQILDI March 12, 2022
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoiy daromadlarni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan brifing o’tkazildi March 7, 2022

Antikorrupsiya.uz - Ijtimoiy-huquqiy, ilmiy-ma'rifiy targ'ibot sayti.
Maqsadimiz huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirishga ko'maklashish.
Korrupsiya illatini oldini olishda hissamizni qo'shish.

  • Facebook
  • Telegram

info@antikorrupsiya.uz

Copyright © 2021 antikorrupsiya.uz.

Powered by PressBook Blog WordPress theme